Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Orol bolalari” oromgohida 2024 yil yoz mavsumini yuqori saviyada tashkil etish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha hududiy o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda bolalarning dam olishiga mas’ul shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, vazirliklar, boshqarmalar, tashkilotlar, ma’naviyat bo‘limlari, oromgohlar rahbarlari hamda katta tarbiyachilar ishtirok etdi.
Tadbirda bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Qoraqalpog‘iston boshqarmasi, tegishli vazirlik va boshqarmalar mas’ullarining axborotlari tinglandi.
Mavsum davomida barcha oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishini ta’minlashga oid qoidalar, jumladan, sanitariya me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha qator vazifalar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri