“Italiya – Markaziy Osiyo” uchinchi vazirlar konferensiyasi to‘g‘risida

227

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyada bo‘lib turibdi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiyamiz tashrif davomida “Italiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi, bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Kecha vakillarimiz poytaxt Rimda 30 ga yaqin kompaniya mas’ullari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Energetika, to‘qimachilik, transport, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa muhim sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirish istiqboli yuzasidan samimiy suhbat kechdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi, ayniqsa, B2B shaklida muloqotlarni yo‘lga qo‘yish dolzarbligi ta’kidlandi.