Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan issiqlik elektr stansiyalari xotin-qizlari forumi o‘tkazildi. Ushbu forum doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari kubogi” uchun voleybol, “Xon atlas” festivali, “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi va kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi.

Elektr stansiyalarining 32 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan xodimlari sportning voleybol turi bo‘yicha “Issiqlik elektr stansiyalari” kubogi uchun o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin “Navoiy IES”,  ikkinchi o‘rin “Taxiatosh IES”, uchinchi o‘rin “Toshkent IES” jamoalariga nasib etdi.

Shuningdek, “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovida esa  ishtirokchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi, ijodiy chiqishlari alohida baholandi.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar va ishtirokchilarga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birlashgan kasaba uyushmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

N.Ziyodullayeva, O‘zA