O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, hozirda Rossiyaning SSKA jamoasi safida harakatlanayotgan iste’dodli futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer ligasi tomonidan “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi g‘olibi, deya e’lon qilindi.

Futbolchimiz ushbu nominatsiyada Moskvaning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Bitello va Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasi hujumchisi Nikita Saltikovdan ko‘p ovoz oldi.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev joriy mavsum Rossiya Premer ligasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA