Portugaliyada o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi “European Cup 2024” turnirining birinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Dunyoning 23 davlatidan 539 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Birinchi kunning o‘zida dzyudochilarimiz 4 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Finalga yetib kelgan yigitlarning barchasi yevropalik raqiblarini mag‘lub etdi. Terma jamoamiz a’zolaridan Arturbek Ibodullayev, Dilshod Karimov, Muhammadjon Masharipov, Inoyat Telmanov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Ularning g‘alabasi sharafiga Portugaliya zaminida to‘rt marta O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Iste’dodli sportchilarimiz Dinora Hasanova va Zuhra Alimova bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA