O‘tgan kuni Shveysariyaning Lyutsern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tgandi.
Ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasida M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarida startga chiqqan Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markazi sportchi-o‘quvchisi Muhayyo Abdusattorova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqaning oltin medali hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Balli, Muhayyo!
Sh.Suyarov,
O‘zA muxbiri