Rossiya shu yil birinchi marta dunyo bo‘ylab bug‘doy eksportining to‘rtdan bir qismini egallaydi. Xalqaro Donchilik kengashi ma’lumotiga ko‘ra, RF bug‘doy yetishtiruvchilari bu mavsum juda yuqori natijaga erishgan. Mamlakat ilk bor jahon bozorida 26 foiz talabni qoplaydi.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, joriy qishloq xo‘jaligi yilida Rossiya 53,1 million tonna bug‘doy eksport qilishi kutilyapti. Binobarin, aprel oyi prognozida mazkur raqam 52,1 million tonna tarzida keltirilgan edi. Tarixan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida baholangan ushbu miqdor o‘tgan yilgidan, deyarli, 10 foiz ko‘p.
Ekspertlar jahon bug‘doy eksportida Rossiyaning ulushi rekord darajada, ya’ni 25,8 foiz oshishi mumkinligini faraz qilishyapti.