O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadilar.