Respublika bolalar forumining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim doirasida “Rahbar va bolalar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda raqamli texnologiyalar vaziri, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi qismida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tanlov va musobaqalarning yakuniy natijalari e’lon qilinib, g‘olib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston bolalar tashkiloti raisi tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashkil etilgani va tashkilotning birinchi Respublika bolalar forumi o‘tkazilgani bilan barcha bolalarni tabriklab, kelgusidagi reja va loyihalarni amalga oshirishida tashkilot jamoasiga omad tiladi.

Tadbir so‘ngida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA