Ma’lumki, iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida elektr stansiyalaridagi uskuna va qurilmalar sutkasiga 24 soat ishlaydi. Bu esa ularning texnik holatini doimiy nazorat qilishni talab etadi.

Mazkur yo‘nalishda “O‘zenergosozlash” MCHJ mutaxassislari elektr stansiyalarida doimiy ish olib boradi. Bu esa ishlab chiqarish barqarorligi va elektr energiyasi ta’minotining uzluksizligini ta’minlash bilan bog‘liqdir.

Shu kunlarda korxona vakillari “Taxiatosh IES”dagi  energiya qurilmalarining texnik holatini o‘rganmoqda.  Ular ushbu stansiya xodimlari bilan birgalikda ishlab, ularga qurilmalar texnik holatini baholash va ishonchliligini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA