Shveysariyaning Lyutsern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Muhayyo Abdusattorova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, XVII Paralimpiya o‘yinlari Fransiya poytaxti Parij shahrida 28 avgust kunidan 8 sentyabr kuniga qadar o‘tkaziladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA