Yaponiya davlatida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.

Chempionatning erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Xusniddin Norbekov 16.37 metr natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu o‘rinda, Xusniddin Norbekov 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham F35 klassida yadro uloqtirish dasturida 16 metr 78 sm natija bilan oltin medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu jahon birinchiligida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA