Italiya politsiyasi Turkiya uyushgan jinoiy guruhi boshlig‘i, mamlakatda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi Barish Boyunni hibsga oldi, deb xabar tarqatdi “Rai News” telekanali politsiya ma’lumotiga tayanib.

Axborotda izoh berilishicha, qotillik, tanga jarohat yetkazish, tahdid, jinoiy tashkilotga ishlash va qurol savdosi bilan shug‘ullanishda ayblanayotgan 40 yoshli kurdni qamoqqa olish bo‘yicha Yevropa orderi chiqarilgan. Hatto, Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Italiya Bosh vaziri Jorj Meloni Turkiyaga tashrif buyurganda, undan Boyunni ekstraditsiya qilishni so‘ragan.

Italiya huquq-tartibot idoralari vakillari va Interpol kuchlaridan tarkib topgan tezkor guruh chorshanba kuni tongda Vitebro shahridagi Boyun yashayotgan uyga bostirib kirgan.
Jinoiy tarmoqqa barham berish yo‘lida uyushtirilgan keng ko‘lamli amaliyot chog‘i kelib chiqishi turk bo‘lgan 18 kishi ham qo‘lga olingan. Ular Italiya, Shveysariya, Germaniya va Turkiyada yashab kelishgan.

Milan prokuraturasi jinoyatchilarni qamoqda saqlash to‘g‘risida qaror chiqargan. Qo‘lga tushgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari terror, qotillik uyushtirish maqsadida qurolli bosqinchi guruh tashkil qilishda ayblanmoqda.