O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov bilan uchrashdi

265

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

Ushbu tashrif doirasida  “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham  bir qator rasmiylar, yirik kompaniya hamda tashkilot rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bugun yurtimiz delegatsiyasi vakillari Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov boshchiligidagi rasmiylar bilan Ufa shahrida muzokaralar olib bordi.

Boshqa yo‘nalishlar qatori istiqbolli bo‘lgan elektrotexnika yo‘nalishida ham hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari “Bashkirenergo” OAJ korxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida korxona faoliyati, unda joriy etilgan yangiliklar yaqindan o‘rganildi.

Ayni paytda o‘zbek delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA