Saudiya Arabistoni Podshohligining  “SPA” axborot agentligi, “Madina” hamda boshqa nashrlar  “Ar-Robi’a O‘zbekiston elchisi bilan favqulodda va gumanitar yordam masalalarni muhokama qilmoqda” sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Maqolada Qirollik Mahkamasi maslahatchisi va Qirol Salmon nomli favqulodda va gumanitar yordam  markazi bosh menejeri doktor Abdulloh bin Abdulaziz Ar-Robi’a markazning Ar-Riyod shahridagi qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turg‘unov bilan uchrashgani, favqulodda va gumanitar yordam bilan bog‘liq umumiy manfaatli mavzular va ularni yuksaltirish yo‘llari muhokama qilingani yoritilgan.

Elchi Qirol Salmon nomidagi favqulodda va gumanitar yordam markazi tomonidan dunyoning turli mamlakatlardagi muhtoj va jabrlangan mamlakatlar va xalqlarga ko‘rsatilayotgan yordam va insonparvarlik sa’y-harakatlarini yuqori baholab, markazning xalqaro miqyosdagi yuksak obro‘sini qayd etdi.

 

Muharrama Pirmatova, O‘zA