«Maktab chempionlari» loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

237

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich til ta’limi instituti hamkorligida «Maktab chempionlari» loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo‘ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda, deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotida.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad,  milliy konsultantlarni tayorlash hamda ularning maktab jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdir.

Mahorat darslari Norwich Til ta’limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o‘tkazilmoqda.

Treningda uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash, ular orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.

 

M.Madaminova, O‘zA