21-23-may kunlari Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida United Clean Coders xakatoni bo‘lib o‘tadi.
Xakatonning birinchi kunida tashkilotchilar ishtirokchi jamoalar va ularning loyihalari bilan tanishadi. Keyingi ikki kun minimal hayotiy mahsulotni yaratishga bag‘ishlanadi.
Tadbir mazkur universitet tomonidan tashkil etilayotgan Bright Future tanlovlari turkumidan joy olgan. Xakatonda yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Unda qatnashish uchun uch nafar kishidan iborat jamoat tuzilib, anketa to‘ldirish va yuborish kerak. Jamoalarni ro‘yxatga olish 20-mayga qadar davom etadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA