Vetnamning Danang shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida XXVI Osiyo chempionati boshlandi.
Chempionatning ilk kunida terma jamoamizning uch nafar a’zosi dayanga chiqdi. Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan Amirbek To‘rayev nimchorak finalda Qozog‘iston vakili Nurbek Gazezni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 54 klogrammgacha vazn toifasida o‘tgan 1/8 final bosqichida Jahongir Xudoyberdiyev yaponiyalik Riku Takamaruni taslim qildi.
Afsuski, Zebiniso Hoshimjonova (-46 kg) o‘zining ilk jangida tailandlik Kamonchanok Sekeyenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, XXVI Osiyo chempionati 19 may kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA