O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi 100 yoshda
356

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi o‘zining 100-yilligini nishonlamoqda. Milliy aviatsiyamizning uzoq va yorqin faoliyati 1924-yilda boshlangan. O‘shanda «Yunkerc P-13» samolyotida Toshkent-Pishpek-Olma-ota yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz amalga oshirilgan edi. Ana shu sana O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining rivojlanishini boshlab bergan.
Ushbu muhim sana munosabati bilan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyasi millionlab insonlarning boshqa shaharlar va mamlakatlarga tez, qulay va xavfsiz yetib borishiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan barcha xodimlarni tabrikladi.
Ular faxriylarga, sohaga asos solgan, yangi turdagi havo kemalarining parvozini o‘zlashtirgan, aeroportlar, uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurgan, navigatsiya tizimining faoliyatini ta’minlagan va yangi avlod aviatorlariga ishonch bildirgan barchaga minnatdorchilik izhor qildi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA