Qonun loyihasiga sharh

Aholi bandligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilgan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi aholiga ko‘rsatilayogan bandlik xizmatlarining samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Unda mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilishga chek qo‘yish, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga doir normalar o‘z ifodasini topgan.

Ushbu qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan yangiliklar xususida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oltinoy Mamirova batafsil so‘zlab berdi.

Muhtarama Komilova,  

Ulug‘bek To‘xtayev(video),  

O‘zA