Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toni Bler Global o‘zgarishlar institutining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi filiali rahbari Jalil Rashid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab, IT Park O‘zbekiston faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilib, olib borilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xorijiy IT kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar va soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Yagona integrator – UZINFOCOM faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvda IT-ta’lim, raqamlashtirish, elektron hukumat yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikda dasturlar amalga oshirish, IT ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

N.Rahmonova, O‘zA