Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan investitsion muhitni yaxshilashda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari bilan uchrashuvda shu masalani muhokama qildi.

Uchrashuvda JICA va Agentlik hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan “Investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash” texnik ko‘mak loyihasini ishga tushirish va amalga oshirish choralari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha davlat  xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining xabardorligini oshirish kabi yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi.

Uchrashuvda JICA eksperti, Yaponiyaning Doshisha universiteti xalqaro markazi direktori, professor Eyji Oyamada bilan hamkorlik doirasida Agentlik hamda korrupsiyaga qarshi  kurashishga mas’ul boshqa idoralar xodimlari uchun tajriba almashish kurslari, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova,  

O‘zA