O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqqan, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishgan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashgan.

Muloqot chog‘ida turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tashriflar va tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratilgan.