O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Singapur parlamenti Spikeri Sia Kian Peng boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya vakillari ikki mamlakat rahbarlarining tashriflari natijasida O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida e’tirof etdi.

O‘zaro muloqotda parlamentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ilm-fan va ta’lim, savdo-iqtisodiy hamda davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Parlamentlararo faol hamkorlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha darajadagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri ekani qayd etildi.

Parlamentlar qo‘mitalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jadallashtirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA