Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi A.Orinbayev tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni eshitib, takliflarini tingladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar, tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan asosan o‘z tadbirkorligini rivojlantirish borasida uchrayotgan muammolar, moliyalashtirish va kredit ajratish masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yer maydonlari ajratish kabi qator masalalar o‘rtaga tashlandi.

Ko‘tarilgan masalalarga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, vaqt talab etadigan murojaatlar Jo‘qorg‘i Kenges Raisining nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriq berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri