Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Yassir Abdix boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ushbu muloqot huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga yangi turtki berishini ta’kidladi.

***  

Bosh prokuraturaning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari xalqaro-huquqiy hamkorligi tarmog‘i (CASC) doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

Bosh prokuraturada BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Jinoiy tarmoqlar faoliyatiga chek qo‘yish Global dasturi rahbari K.Meredit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari xalqaro-huquqiy hamkorligi tarmog‘i doirasida hamkorlik aloqalarining joriy holati hamda uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, CASC tarmog‘i bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda Xalqaro huquqiy hamkorlik jarayonlarini raqamlashtirish” loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot huquqiy sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 

N.Abduraimova,

O‘zA