Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “TePe Sigeman 2024” xalqaro turnirida hamyurtimiz iste’dodli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov chempion bo‘ldi.

Nodirbek,  asosiy davrada Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan birgalikda 4,5 ochko to‘pladi. Tay-brekda esa hamyurtimiz har ikki shaxmatchi ustidan g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov ayni damda FIDE reytingida 2766 ball bilan  beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA