Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi.
Unda dunyoning 65 davlatidan kelgan jami 390 nafar polvonlar o‘zaro raqobatlashmoqda. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik da’vosida tatamiga chiqadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 ming yevroni tashkil etuvchi ushbu musobaqada dzyudochilar bosh sovrin bilan birga «Parij-2024» Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi. Bugun, 3-may kungi bellashuvlarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.
Ilk bellashuvlarda bahs olib boradigan dzyudochilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-52 kg: Sita Qadamboyeva — Nasiba Karlikova (Tojikiston)/Sofia Asvesta (Kipr)
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva — Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Enhriilen Lhagvatoguu (Mo‘g‘uliston)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov — Iznaur Saayev (neytral)
-66 kg: Bobur Vadjiyev — Yelaman Sultanbay (Qozog‘iston)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Jay Shimizu (AQSH)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA