“Yashillar” partiyasidan 2024 yilgi AQSH prezidentligiga nomzod Jill Steyn Falastin tarafdorlari norozilik namoyishida hibsga olindi.
“Jill Steyn, uning saylov kampaniyasi bo‘yicha menejeri Jeyson Kol va saylov kampaniyasi bo‘yicha menejer o‘rinbosari Kelli Merrill-Kayer Vashington universitetidagi talabalar namoyishi vaqtida hibsga olindi”, — deyiladi Steyn akkauntida e’lon qilingan xabarda.
Chikagolik Steyn 73 yoshda. U Garvard bitiruvchisi hisoblanadi. Prezidentlik kampaniyasi unga begona emas: 2012 va 2016-yillarda u «Yashillar» partiyasining yuqori lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ygan va bungacha ikki marta Massachusets gubernatori bo‘lishga uringan.
«Washington Post” nashrining yozishicha, so‘nggi 10 kun ichida Amerika politsiyasi mamlakatning bir qator yirik universitetlari hududida bo‘lib o‘tgan Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlarida qatnashgan 900 ga yaqin odamni hibsga olgan.
Shu kunlarda AQSHning nufuzli universitetlari kampuslari Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari markaziga aylandi. Faollar Qo‘shma Shtatning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisiga ko‘rsatayotgan yordamidan norozi. Namoyishlar Vashington Isroilga yangi yordam paketini ma’qullagan bir paytda kuchaydi.
O‘zA