Mo‘ynoq tumanida futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan 2021-yildan e’tiboran yoshlarni sportga keng jalb qilish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni saralab olish maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha har yili an’anaviy tarzda musobaqalar o‘tkazilib kelinayotir. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha ishtirok etmoqda.
Tumandagi 12 ta ovul va mahalladan jamoalar ishtirok etayotgan musobaqaning yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida 1- va 4-sektor jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri