Professional bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangini 3-avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazadi.
Isroil navbatdagi jangida vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschilardan biri Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi. Kuni kecha Nyu-York shahrida ikki bokschi ishtirokida ilk matbuot anjumani hamda «face to face» marosimi bo‘lib o‘tdi.
Darvoqe, mazkur bahs ayni paytda Isroilda bo‘lib turgan WBA kamari, shuningdek WBOning vaqtinchalik kamari uchun o‘tkaziladi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Terens mazkur jang uchun bitta yuqori vaznga ko‘tarilishi lozim.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Isroil Madrimov hozirda professional ringda 10 jang, 9 g‘alaba, 1 durang qayd etgan holda
birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi hisoblanadi. Terens Krouford esa hozirgi kunda yarim o‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari egasi. Krouford hisobida 40 ta jang bor va ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA