Bugun Termiz shahrida transport idoralari rahbarlari, ekspeditorlik kompaniyalari va biznes vakillari ishtirokida Hind okeani portlariga chiqish uchun “Belarus– Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir uchrashuv qatnashchilarining “Termiz” xalqaro savdo markazi bilan tanishuvidan boshlandi. Bu yerda mehmonlar O‘zbekistonning yuk tashishlarni ko‘paytirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘ldi. Markazning mavjud infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda mamlakatlar transport tuzilmalari rahbarlarining uchrashuvi, shuningdek, delegatsiya a’zolari ishtirokidagi muloqotlar o‘tkazildi.

Ayni paytda B2B, G2B formatidagi uchrashuvlarda tadbirkorlarga mintaqaviy yuk tashishlarni tashkil etish imkoniyatini to‘liq ochib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va kamchiliklar muhokama etilmoqda.

Xalqaro uchrashuv haqidagi  maqola bilan batafsil tanishish uchun O‘zAni kuzatib boring.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri