Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida skolioz tashxisi qo‘yilgan 1,5 yoshli bolada murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Ushbu hamkorlik tibbiy yordam sifatini oshirish va tibbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan noyob tajriba va ilg‘or tajriba almashishning ajoyib namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Markaz Rossiya Federatsiyasi va G‘arb davlatlarining yetakchi klinikalari bilan hamkorlik bo‘yicha qator memorandumlar imzolagan bo‘lib, hamkorlikdagi bu kabi amaliyotlarni joriy yil oxirigacha davom ettirish rejalashtirilgan.

– Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi sohasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik namunasi bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida kuchlarni birlashtirish naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murodjon Irismetov. – Bu hamkorlik nafaqat murakkab kasalliklarni davolashga xizmat qiladi, balki tibbiyot fanini yangi bilim va amaliyotlar bilan boyitadi.

M.Qosimova, O‘zA