Joriy yilning 30-aprel kuniga qadar Toshkent va Samarqand shaharlari xokkey bo‘yicha U18 Osiyo va Okeaniya kubogiga mezbonlik qiladi. Bu yilgi chempionatda jami 10 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
Kubokda jamoalar ikki guruhga bo‘linadi. Poytaxtimizdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan “A” guruhi doirasidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston, Tailand, Eron, Malayziya va Quvayt o‘smirlar terma jamoalari kuch sinashadi. Samarqandda esa “V” guruhida Mo‘g‘uliston, BAA, Hindiston, Makao va Indoneziya o‘smirlar terma jamoalari to‘qnash keladi. Jamoalar o‘z guruhlarida o‘rinlarini taqsimlaganidan so‘ng Toshkentda 9, 7, 5, 3 va 1-o‘rinlar uchun pley-off o‘yinlari tashkil etiladi.
Kuni kecha, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki o‘yinni eronlik yoshlarga qarshi o‘tkazdi va yirik 19:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Endi yosh xokkeychilarimiz 25-aprel kuni soat 19:30 da
Malayziya termasiga qarishi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA