Xabaringiz bor, O‘zA Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasini muntazam kuzatib, o‘z o‘quvchilarini mazkur turnir doirasidagi voqealardan xabardor qilib boryapti.

Bugun “B” saralash guruhida 100 foizlik natija ko‘rsatib, 3 g‘alaba bilan pley-off bosqichiga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda o‘ynaydi. Hamyurtlarimizdan keyin guruhda 2-o‘rinni egallagan Iroq ham ushbu bosqichga yo‘llanma olgan. Saudiya Arabistoni va Avstraliya jamoalari kurash maydonini tark etgan.

Yarim final yo‘llanmasiga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan futzalchilarimiz bu gal Vetnam qarshiligini yengishlariga to‘g‘ri keladi. “Khalifa International” sport majmuasida soat 20.30 da boshlanadigan ushbu match ruhiy jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi tabiiy.

Keling, yigitlarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

G‘.Xonnazarov, O‘zA