Yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, xususan, suv resurslaridan samarali foydalanish, meva va sabzavot mahsulotlarining unumdorligini oshirish yo‘lida xalqaro hamkorlik masalasida keng ko‘lamli ishlar qilinyapti. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligini oshirish, qishloq xo‘jaligini mustahkamlash orqali oziq-ovqat importiga qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri Medjnun Mamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent viloyatida Ozarbayjon funduk navining ko‘chatlarini ekish hamda Ozarbayjonning Fizuli tumanida anor va boshqa meva bog‘larini barpo etish masalalari muhokama qilindi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish masalalari hamda hamkorlik borasidagi ishlarni muhokama qilishdi.

M.MADAMINOVA, O‘zA