Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro «Duyshenkul Shopokov» turniri yakunlandi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada vazni -71 kg. Bo‘lgan Safarbek Abumutalipov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalga qadar janglarda g‘olib bo‘lgan Mirzabek Mirzaxalilov va Kamron Shukurjonov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Husanboy Mirsaidov, Ziyovuddin Alijonov, Sanjar Vahobov, Ma’murjon Hamidullayev, Bekzod Hamidov, Madumar Bahromov va Elyorbek Jo‘raboyev o‘z vazn toifalarida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA