FOTOREPORTAJ

Nukusda umumta’lim va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Bellashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Unda musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 17 jamoa ishtirok etib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ko‘p qavatli binolarga arqon yordamida ko‘tarilish, daryodan o‘tish va palatka qurish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nukus shahridagi 1-kasb-hunar maktabining “Jayhun” jamoasi birinchi, Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining “Tinchlik” jamoasi ikkinchi, Qonliko‘l tumani kasb-hunar maktabining “Beshqal’a” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA