Bok-u shahrida 2008-yil 11-sentyabrda ochilgan Alisher Navoiy haykali  O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va  madaniy hamkorlik ramziga aylangan.

Hazrat Navoiy nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ shoir, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobidir.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan amaliy tashrif  doirasida delegatsiyamiz a’zolari Ozarbayjon OAV vakillari bilan birga Bok-u shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘iga tashrif buyurib, shoir haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Ozarbayjonda o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosiga alohida hurmat bilan qarashadi.

– O‘zbekiston va Ozarbayjon boy tarixiy va madaniy aloqalarga ega, Alisher Navoiy haykali ham ana shu do‘stlik va o‘zbek xalqi merosiga hurmatning o‘ziga xos ramzidir, – deydi mahalliy fuqaro Adim Hasanov. – Biz Navoiyni behad hurmat qilamiz, uning asarlarini sevib o‘qiymiz. Ozar xalqi betakror O‘zbekistonni yaxshi ko‘radi. Ellarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtasi mustahkamligidan faxrlanamiz.

Aziza Alimova,

O‘zA muxbiri

Bok-u, Ozarbayjon