Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi.

24-aprelgacha davom etadigan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Qozog‘iston davlatlari milliy stendlari, 60 ga yaqin kompaniya ekspozitsiyasi, xududlar burchaklari namoyish etilmoqda. Ayni daqiqalarda tadbirning asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti.

“Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy yo‘nalish” mavzusidagi mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ochib berdi. Asosiy sessiya ishtirokchilari savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, namunali loyihalar va hamkorlik istiqboli haqida fikr almashmoqda.

Go‘zal Sattorova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA