Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi K.Kojomqul nomli sport saroyida Duishenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro boks turnirining final janglari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Eron, Tailand, Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan 200 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda.
Bugun tashkil etiladigan final janglarida terma jamoamizning uch nafar vakili ringga ko‘tariladi. Aniqrog‘i, vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan Mirzabek Mirzaxalilov mezbonlar vakili Islom To‘raboyev bilan oltin medallar uchun jang qilsa, 71 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida «o‘zbekcha» final bo‘ladi. Unda Kamron Shukurjonov va Safarbek Abumutalipov chempionlik shohsupasi uchun kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA