Hong Kongda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Muzaffarbek To‘raboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionligi uchun bellashuvda Muzaffarbek To‘raboyev og‘ir vaznda BAA sharafini himoya qilgan Jafar Kotsoyevni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni keltirdi.
Qit’amizning 30 dan ortiq davlati dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada Ilias Iliadis boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib bordi.
Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra dzyudochilarimiz jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA