Jizzaxda 23 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining shpaga yo‘nalishida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin sportchilar o‘zaro raqobatlashdi.
Yigitlar orasidagi bellashuvlarda Mirzo Ulug‘bek Mo‘minov Iskandar To‘rishev, Ahror Anvarjonov va Nurmuhammad Mo‘minov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qizlar o‘rtasida Marjona Zubaydullayeva finalda Aziza Hamidovani yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yarim finalga qadar g‘olibona yurishini davom ettirgan Sevinch Oydinova hamda Marvarid Zubaydullayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA