Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlarining yakuniga ko‘ra “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov parallel brus yo‘nalishida bu safargi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘llanma Rasuljon Abdurahimov uchun faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston sport delegatsiya hisobida Olimpiada litsenziyalari soni 36 taga yetdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA