O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tuproq unumdorligini oshirish tizimining takomillashtirishilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
tuproqshunoslik yo‘nalishidagi faoliyatni yagona tizimda amalga oshirish va uning shaffofligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarining agrokimyoviy holati to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ularni tuproqqa oid ma’lumotlar fondida aks ettirish;
normativ-huquqiy hujjatlardagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish.
O‘zA