Tailandda futzal bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida 3 g‘alaba qozongan holda 9 ochko to‘plab chorak finalga chiqdi.
Mazkur guruh bosqichida terma jamoamiz 3-turda Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:1 hisobida yengdi. O‘yinda Mashrab Adilov, Abror Ahmetzyanov, Abbos Elmurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistonining yagona goliga Eihab Muhammad mualliflik qildi.
Endi futzalchilarimiz 24-aprel kuni chorak finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA