Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan qit’a chempionatining uchinchi kungi bahslarida yana bir sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning yunon-rum kurashi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov -97 kilogramm vazndagi saralash bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, hal qiluvchi bahsda qirg‘izistonlik Uzur Juzupbekovni tasliq etdi va to‘rt yillik o‘yinlarining ishtirokchisiga aylandi.

Aytish lozim, ushbu natija tufayli Rustam Assakalov uchinchi marta olimpiadada qatnashayotgan yunon-rum kurash ustasiga aylandi.

Terma jamoamizning tajribali yunon-rum kurashchilaridan Jalgasbay Berdimuratov Osiyo litsenzion musobaqasi yarim finalida eronlik Alireza Mohmadipianiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu, hamyurtimizga Parij-2024 yo‘llanmasi uchun 1 ball yetmasligiga olib keldi. Endi Berdimuratov may oyida Turkiyada o‘tkaziladigan turnirda Parij olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashda ishtirok etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA