Joriy yilning 23-28-aprel kunlari mamlakatimizda xokkey bo‘yicha U-18 yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi musobqalari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bahslar oldidan tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘yinlar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi ilk uchrashuvni 23-aprel kuni Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, mamlakatimiz yosh xokkeychilari 25-aprelda Malayziya, 27-aprel kuni Quvayt, 28-aprelda esa Tailand terma jamoalari bilan kuch sinashishi belgilandi.

Osiyo va Okeaniya kubogi o‘yinlari Toshkent hamda Samarqand shaharlarida tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA