Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (14-1, 10 KO) Nyu-York shahrida o‘tgan katta boks oqshomida fransiyalik Per Yuber Dibombe (22-1-1, 12 KO)ga qarshi jang o‘tkazdi.

Jangning yettinchi raundda har ikki bokschining bosh qismi to‘qnashuv natijasida yorilib ketgani bois, g‘olib nomi ortda qolgan yetti raund natijalariga ko‘ra aniqlandi. Ushbu jangda B.Meliqo‘ziyev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘olib deya e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev  ikkinchi o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA