Poytaxtimizda BYD VI Toshkent xalqaro marafoni boshlandi.

Atletlar Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida joylashgan «Humo Arena» sport majmuasi hududidan start oldi.

Dunyoning 45 mamlakatidan kelgan 5 ming nafarga yaqin atletlar orasida Yekaterina Tunguskova, Ilya Tyapkin, Anna Kovalyova, Rinas Axmadeev, Andrey Petrov, Mariya Korobitskaya, Marina Xmelevskaya, Katerina Vasilchenko, Vinsent Kimutai Boyit, Shohrux Davlatov kabi bir qator marafonchilar start oldi.

Mazkur sport tadbiri dasturidan 42 km. klassik marafon masofasi, 21 km. yarim marafon masofasi, 3 hamda 10 km. masofalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim marafon va marafon dasturlari bir vaqtning o‘zida hamyurtlarimiz uchun O‘zbekiston chempionati vazifasini ham o‘tab beradi.

Eng asosiysi, atletlarimiz orasida ushbu dasturlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan bir nafardan erkak va ayol sportchilarga «BYD Song Pro« avtomobili nasib etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

Muhammad AMIN (surat), O‘zA